O‘zbekiston: sog‘liqni saqlash tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari belgilandi
YangiliklarKoʻrishlar soni:45

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2026-yil 5-mayda sog‘liqni saqlash tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish to‘g‘risida farmon qabul qildi. Hujjat sohadagi islohotlarni jadallashtirish, raqamlashtirish, infratuzilmani zamonaviylashtirish va yagona boshqaruv mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan.
Farmonda Sog‘liqni saqlash vazirligining tashkiliy tuzilmasini qayta ko‘rish, yangi ilmiy-tadqiqot markazlari va Klinik audit inspeksiyasini tashkil etish hamda tibbiyot assotsiatsiyalarining vakolatlarini kengaytirish ham ko‘zda tutilgan.
Manba: president.uz



